Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Makronning Suriya kurdlari bilan muloqotga doir taklifini rad etdi
Anqara Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Suriya demokratik kuchlari" (SDF) bilan muloqot qilish va bunda Fransiya vositachiligi ehtimoliga doir taklifini qabul qilmadi. Bu haqida Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qolin ma'lum qildi.
Makron payshanba kuni "Suriya demokratik kuchlari" (SDF) delegatsiyasi bilan uchrashdi va ularning Parij tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ma'lum qildi, maqsad - mamlakat shimoli-sharqidagi vaziyatni barqarorlashtirish. Yelisey saroyida ta'kidlanishicha, Makron Fransiya va jahon hamjamiyati yordamida Turkiya va Suriya demokratik kuchlari o‘rtasida muloqot o‘rnatish imkoniga umid bildirgan.
"Biz Turkiya va terrorchi guruh (SDF) o‘rtasidagi "muloqot va vositachilik"ka doir jiddiylikdan yiroq bo‘lgan yondashuvni rad etamiz. Biz do‘st va ittifoqdosh deb hisoblovchi mamlakatlar terrorchi tashkilot faoliyatini qonuniylashtirish o‘rniga terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi ochiq va aniq pozitsiyani namoyish qilishi kerak. Turli nomlar terrorchi tashkilotning asl qiyofasini yashira olmaydi", - deb yozdi Qolin o‘z Twitter'ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi a'zolari va ular bilan bog‘liq Suriya kurdlari muhofaza kuchlari o‘z faoliyatini SDF nomi ostida qonuniylashtirishga urinmoqda.