Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘sh rasmiylari mahalliy yaylovlar O‘zbekistonga berilgani to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etishdi
Qirg‘izistonning Oloy tumanidagi Saritosh yaylovi O‘zbekistonga ijaraga berilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma'lumotlar haqiqatga mos emas. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakolatxonasi matbuot kotibi Jumamiddin Sulaymonqulov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 29 mart kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi birinchi yig‘ilishida o‘zbek tomoni yaylovlardan ijara asosida foydalanishni tiklash taklifini berdi. Bu SSSR davrida ham ro‘y bergandi.
«Qirg‘iziston tomoni bu masala keyinchalik ko‘rib chiqilishi haqida javob berdi. Yaylovlarni berganlik haqidagi ma'lumot haqiqatga mos kelmaydi», - deya aytib o‘tdi Sulaymonqulov.
eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston hukumati uning yakunlari bo‘yicha tomonlar «deyarli barcha masalalar bo‘yicha kelishib olganini» xabar berdi. Muzokaralarning tafsilotlari haqida ma'lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning Botken, O‘sh va Jalolobod viloyatlari hamda O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari o‘zaro chegaradosh hisoblanadi.
2017 yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston 1378 kilometrlik chegaradan 1170 kilometri yoki 85 foizi borasida kelishib oldi. O‘shanda qolgan 208 kilometr 2017 yil oxirigacha muvofiqlashtirib olinishi ma'lum qilingandi, ammo delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha ishlar hamon yakuniga yetgani yo‘q.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026