Özbekistonda sudlarni videokonferentsaloqa rejimida ötkazilişiga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Senat payşanba kungi yalpi majlisda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonunini ma'qulladi. Qonun bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Endilikda, jinoyat işlarini oşkora köriş sudning taşabbusi bilan yoki jinoyat protsessi iştirokçilarining iltimosnomasiga köra audio- va videoyozuvga olişdan foydalangan holda hamda videokonferentsaloqa rejimida ötkazilişi mumkin.
Şuningdek, sudning qonuniy kuçga kirgan qarorlari jinoyat protsessi iştirokçilarining roziligi bilan yoki şaxsini körsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e'lon qilinişi mumkin.
Bundan yopiq sud majlislarida körilgan işlar böyiça sud qarorlari mustasnodir.













