Davlat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida öz faoliyatini maxsus vositalar, şakllar va uslublar bilan amalga oşiradigan maxsus vakolatli davlat organi - Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yönalişlari nimalardan iborat?
Ma'lum qilinişiça, DXX davlat xavfsizligini ta'minlaş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiradi va öz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yönaliş böyiça faoliyat olib boradi:
- Özbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlari taşqi hamda içki tahdidlardan himoya qilinişini ta'minlaş, qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlaş, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini oliş, aniqlaş va ular barham beriş;
- Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bölgan tajovuzlarning oldini oliş, aniqlaş hamda ular barham beriş böyiça razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oşiriş;
- Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş;
- Özbekiston Respublikasining Qurolli Kuçlari va mudofaa-sanoat kompleksini davlat xavfsizligiga bölgan xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qiliş, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça strategik taşabbuslarni amalga oşirişda iştirok etiş;
- terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilikka, qurol-yaroğ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarşi kuraşiş;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvçi, milliy, etnik va diniy adovatni tarğib etişga qaratilgan buzğunçilik faoliyatining oldini oliş, uni aniqlaş va unga barham beriş;
- iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta'minlaş, Özbekiston Respublikasi xalqining madaniy-tarixiy hamda boy ma'naviy merosini himoya qiliş;
- davlat organlari va boşqa taşkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvçi korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş;
- telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligi hamda davlat manfaatlari himoya qilinişini ta'minlaş va favqulodda vaziyatlarga şart-şaroit yaratuvçi omillarning oldini oliş, aniqlaş va ularga barham beriş;
- tekşirilişi DXX vakolatiga kiritilgan jinoyat işlari böyiça tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiriş, tergovgaça bölgan tekşiruv va dastlabki tergovni ötkaziş;















