Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar «Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz berdi. Endilikda qonun hujjati Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolanişi kutilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, DXX davlat xavfsizligini ta'minlaş böyiça öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişda bir qança huquqlarga ega. Xususan, mansabdor şaxslar va fuqarolarning hujjatlarini, şu jumladan şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini tekşiriş, ularni şaxsiy körikdan ötkaziş, aşyolarini, transport vositalarini hamda taşilayotgan yuklarni közdan keçirişi şunday huquqlar sirasiga kiradi.

Bundan taşqari, DXX mansabdor şaxslar va fuqarolardan tezkor-qidiruv, qidiruv hamda boşqa tadbirlar, tergovga qadar tekşirişlar va tergov harakatlari ötkaziladigan joylarni tark etişni talab qiliş huquqiga ega. Şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning turar joylariga va boşqa obektlarga tösqinliklarsiz kiriş, zarurat bölganda qulflaş moslamalari va boşqa aşyolarni buzgan holda kirişi mumkin. DXXda bu joylarni jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslar ta'qib qilinayotganda yoxud u yerda jinoyat sodir etilyapti yoki sodir etilgan yoxud huquqni muhofaza qiluvçi organlardan yaşiringan şaxs bor deb hisoblaş uçun yetarli asoslar mavjud bölganda (yoxud keçiktiriş fuqarolar hayoti va soğliğini xavf ostida qoldiradigan bölsa) 24 soat içida prokurorga bu haqda xabar bergan holda, şuningdek yetkazilgan zararning örnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplagan holda közdan keçiriş huquqi ham mavjud.

DXX raisi davlat xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan hollarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi majlisini taklifi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etişga haqli.

Davlat xavfsizlik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.