Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma'qullangan «Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunda organ kimga böysunişiga oydinlik kiritilgan.

Qonunning 18-moddasiga köra, DXX bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentiga böysunadi va unga hisobot beradi. Davlat xavfsizlik xizmati Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari böyiça qömitasini öz faoliyatining asosiy yönalişlari yuzasidan muntazam ravişda xabardor qiladi.

Xizmatning faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xilda ijro etilişi ustidan nazorat Özbekiston Respublikasi Boş prokurori va unga böysunuvçi prokurorlar tomonidan öz vakolatlari doirasida amalga oşiriladi.

Şuningdek, DXXni Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boşqarişi ma'lum qilinmoqda. Ayni paytda, prezidentning DXX raisini tayinlaş va lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmonlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat xavfsizlik xizmatida DXX raisi, uning örinbosarlari, markaziy devoni bölinmalarining va DXX organlarining boşliqlaridan iborat tarkibda hay'at tuzilişi qonunda belgilangan. Hay'atning şaxsiy tarkibi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.