Kuç işlatilmaydigan usullar DXX harbiy xizmatçilarining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilişini ta'minlamasa, ular ayrim hollarda şaxsan özi yoki bölinma (guruh) tarkibida jismoniy kuç işlatiş, şu jumladan kuraşning jang usullarini qöllaş huquqiga ega böladi. Bu haqda «Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunida şunday deyiladi.

Mazkur qonunning 26-moddasiga köra, Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatçilarining jinoyatlar va boşqa huquqbuzarliklarga barham berişida jismoniy kuç işlatişiga yöl qöyiladi. Şuningdek, harbiy xizmatçining qonuniy talablariga qarşilik körsatilişini bartaraf etişda, uşbu qonunda maxsus vositalar yoki öqotar qurol qöllanilişiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuç işlatiş huquqiga ega.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari körinib turgan şaxslarga, yoşi aniq körinib turgan yoki ma'lum bölgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuç işlatiş taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarşilik körsatganligi, fuqarolarning yoxud DXX harbiy xizmatçilarining hayoti va soğliğiga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.

Eslatib ötamiz, 29 mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma'qullangan mazkur qonun Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganidan söng, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingaç, kuçga kiradi.