Şimoliy Koreya yangi yadroviy sinovlarga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda Yaponiya taşqi işlar vaziri Taro Konoga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda.
“Şimoliy Koreya avvalgi sinovlar ötkazilgan sinov poligonidagi tunneldan tuproqni olib çiqmoqda va keyingi yadroviy sinovga tayyorlaniş uçun barça işlarni amalga oşirmoqda”, deb aytgan Kono. Uning aytişiça, Yaponiya hukumati AQŞ sun'iy yöldoşi tomonidan olingan suratlarga asoslanib, bunday xulosaga kelgan.
Vazirning ta'kidlaşiça, Pxenyan bu harakatlari bilan öz yadroviy qurolidan voz keçiş niyatidamasligini körsatmoqda. Kono şu sababli Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In uçraşuvini ötkaziş uçun şoşilişga zarurat yöq, degan fikrni bildirmoqda.
Mart oxirida Kim Çen In Pekinga taşrif buyurib, Xitoy rahbariyatining qöllab-quvvatlaşi va ikki davlat örtasida abadiy döstlikka va'dasini olgan.
Mart boşida Şimoliy Koreya mamlakatga taşqi tahdidlardan xavfsizlik kafolatlansa, yadroviy quroldan voz keçişga qarşimasligini va AQŞ bilan yadroviy qurolsizlantiriş va munosabatlarni tiklaş böyiça muzokaralar ötkazişini aytgan.
Şimoliy Koreya oxirgi marta 2017 yil 28 noyabrda raketa sinovlarini ötkazgandi.













