02:02 / 02.04.2018
12271

La Liga. "Atletiko" "Real" bilan farqni oshirdi, "Vilyarreal" safarda mag‘lub bo‘ldi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionati 30-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Deportivo"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 34-daqiqada Gameyro tomonidan kiritildi. 

Yana bir uchrashuvda "Vilyarreal" safarda "Malaga"ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlarga ochko keltirgan yagona gol 37-daqiqada Chori Kastro tomonidan kiritildi. 

Atletiko – Deportivo 1:0

Gol: 1:0 – 34, penalti Gameyro.
Atletiko – Oblak, Lyuka Ernandes, Savich, Godin, Munos (Diyego Kosta, 64), Saul, Gabi, Parti (Moyya, 88), Koke, Korrea, Gameyro (Torres, 72).
Deportivo –    Martines, Luizinyu, Xuanfran, Sidney, Albentosa, Moskera, Gilerme, Cholak (Bakkali, 77), Muntari (Borxa Vale, 63), Adrian (Andone, 82), Peres.
Ogohlantirishlar: Luizinyu (13), Munos (28), Peres (33), Diyego Kosta (69), Moskera (90).

Malaga – Vilyarreal 1:0 

Gol: 1:0 – 37, penalti Chori Kastro.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Torres, Saksess (Bueno, 66), Iturra, Lasen (Gonsales, 79), Chori Kastro (Lestenn, 75), En-Nesiri, Rolan.
Vilyarreal –    Asenxo, Mario Gaspar, Bonera, Alvaro Gonsales, Kosta, Rodri Ernandes, Kastilexo (Raba, 61), Fornals, Soriano, Sansone (Martines, 72), Bakka (Unal, 53).
Ogohlantirishlar: Kosta (20), Asenxo (36), Soriano (47), Lasen (66), Torres (77).

Top