Aralaş yönaliş (UFC) böyiça amerikalik jangçi Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga qarşi 7 aprel kuni UFC 223 musobaqasi doirasida bölib ötişi kerak bölgan jang bekor qilingani uçun uzr söradi.

«Men qanday darajada afsusda ekanim hamda ğazablanayotganimni söz bilan ifoda etolmayman. 30 mart kuni UFC oldidagi media majburiyatlarimni bajardim, hamda studiyada bölib turganimda men bilan ma'lum bir hodisa yuz berdi, şu sababdan tizzamdan jarohat oldim.

Mening şifokorim va UFC şifokori jangga çiqa olmasligimni aytdi, ulardan biri esa jarrohlik amaliyoti kerakligini ma'lum qildi. Şuning uçun hozir mutaxassislar bilan gaplaşişim va öz kamarimni tezroq himoya qilişim uçun qanday harakatlarni amalga oşirişimni aniqlaşim kerak», - deya yozgan Fergyuson tvitterdagi sahifasida.

Şuningdek, u uzr ham söragan.

«Barça işqibozlar, UFC, döstlarim, murabbiylar va, eng asosiysi, oilam oldida uzr söramoqçiman», - deya qöşimça qilib ötdi jangçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov va Fergyuson jangi bekor qilingani xabar berilgandi.