Apple özining Mac kompyuterlar liniyasida Intel tomonidan işlab çiqilgan mikroçiplardan foydalanişdan voz keçib, 2020 yildan öz çiplariga ötişni rejalaştirmoqda. Bloomberg şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, "Kalamata taşabbusi" nomini olgan reja hozirça işlab çiqariş jarayonida. U Apple qurilmalari (jumladan, kompyuterlari, iPhone  smartfonlari va iPad planşetlari) örtasidagi aloqani yaxşilaşga yönaltirilgan umumiy strategiyaning bir qismi hisoblanadi.

Koropratsiyaning öz çiplariga ötişi Intel'ning moliyaviy körsatkiçlariga u qadar kuçli ta'sir körsatmasligi aytilmoqda, zero kompaniya öz daromadining taxminan 5 foizini Apple bilan hamkorlikdan oladi. 

Şuningdek manbada ta'kidlanişiça, Apple Intel'ning yangi protsessorlariga moslaşmay, öz reja va vazifalariga muvofiq yangi Mac modellarini işlab çiqariş imkoniga ega böladi. 

Bundan taşqari, kompaniya öz texnikasini şaxsiy çiplar bilan ta'minlovçi yagona yirik PK işlab çiqaruvçisiga aylanadi. HP, Lenovo, Dell va Asus kompaniyalari çiplarni uşbu bozordagi sözsiz yetakçi hisoblangan Intel'dan xarid qilişadi. 

Apple daromad hajmiga köra, PK işlab çiqaruvçilari orasida uçinçi örinni egallaydi.