Yevropada bugungi kunda muqaddas Islom dini mavqei jihatidan ikkinchi yirik dinga aylandi. Albaniya, Kosova, Bosniya va Hersogovina, Turkiya singari mamlakatlar aholisining katta qismini musulmonlar tashkil etsa, G‘arbiy Yevropada bu miqdor biroz pastroq. 2010 yilda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropa aholisining 44 millioni musulmonlardir.
Bugungi kunda Yevropada minglab masjidlar va nomozxonalar faoliyat yuritadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ularning o‘ntasi haqida ma'lumot taqdim etdi.
Sharqiy London masjidi (East London Mosque)

Ushbu masjidga 1985 yilda asos solingan bo‘lib, qurilish ishlariga 22,3 million funt sterling sarflangan. Bu dargoh London shahrining musulmonlar jamoasi istiqomat qiluvchi yirik mavzesida qad rostlagan. Uning tarkibida London musulmonlari markazi va Maryam markazi faoliyat yuritadi.
Masjidda bir vaqtning o‘zida 7 ming kishi ibodat qilishi mumkin.
Rim masjidi (Moschea di Roma)
Rim masjidi 1994 yilda qurilgan bo‘lib, qurilish ishlariga 40 million yevro sarflangan va masjidda bir vaqtning o‘zida 12 ming musulmon ibodat qilishiga imkoniyat yaratilgan.
Masjid Rim shahrining Parioli tumanida joylashgan bo‘lib, Yevropadagi (Rossiyani qo‘shmaganda) eng yirik masjid hisoblanadi.
Jyeneva masjidi (Geneva Mosque)

1978 yilda asos solingan Jyeneva masjidi Petit-saksonez masjidi nomi bilan ham mashhurdir. Ushbu masjid Shveytsariyadagi eng yirik masjid hisoblanadi. Uning qurilishi Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirilgan.




















