Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Strategik tadqiqotlar instituti RFA Sharqshunoslik instituti bilan aloqalarni mustahkamlamoqda
Joriy yilning 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlari Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori Valeriy Androsov bilan uchrashdi.
Maqsad - Markaziy Osiyo mavzusini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Rossiya ilmiy-tadqiqot va akademik doiralari bilan aloqalarni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining yangi istiqbollarini aniqlash.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston hamda Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning yangi dinamikasini ijobiy baholadi.
Ta'kidlanganidek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi nafaqat ikki tomonlama hamkorlik doirasida, balki xalqaro kun tartibida ham kuzatilmoqda. Xususan, bu Toshkent va Moskvaning jahon hamda mintaqaviy siyosatning asosiy masalalari bo‘yicha umumiy va bir xil nuqtai nazari bilan tasdiqlanmoqda.
Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memonrandumi imzolandi, u qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha anjumanlar hamda seminarlar o‘tkazilishini nazarda tutadi.