10:24 / 04.04.2018
4560

Bokschi Saul Alvares o‘zi aralashib qolgan doping-mojaroga izoh berdi

Foto: Reuters

Meksikalik bokschi Saul Alvares qonida taqiqlangan moddalar topilgani tufayli o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlar bo‘yicha izoh berdi.

«Men juda qayg‘udaman. Men Golovkin bilan jangimiz o‘tkazilmasligidan juda chuqur afsuslanmoqdaman. Yashiradigan hech narsam yo‘q, men haqiqatni aytmoqchiman. O‘zim aybsizligimni isbotlash uchun barcha ishni qilaman. Men taqiqlangan moddalarni hech qachon qabul qilmaganman. Har doim halol ishlaganman.

Meni qilmagan narsamda ayblashayotgani afsuslanarli. Bu yana takrorlanmasligi uchun juda ehtiyotkor bo‘laman», - deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi USA TODAY.

 

Mavzuga oid
Top