Jahon | 18:00 / 04.04.2018
9632
2 daqiqa o‘qiladi

«Istehzo va jirkanish». Britaniya Rossiyani KQTTga hurmatsizlikda aybladi

Foto: Pixabay

Britaniyaning KQTT (Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot)dagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Jon Foggo Rossiya tomonini kimyoviy qurol bo‘yicha konvensiya, KQTT va tashkilot texnik kotibiyatiga hurmatsizlikda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hamon savollarga javob taqdim etmadi: Rossiya Solsberida foydalangan asab-falajlovchi moddani qanday qilib ishlab chiqqani va o‘zining kimyoviy qurol zaxiralari ustidan nazoratni yo‘qotgani bo‘yicha. U Rossiya tomoni asab-falajlovchi modda qo‘llangani bo‘yicha holatga istehzo va jirkanish bilan munosabatda bo‘lganiga e'tibor qaratgan.

«Rossiya KQTT ijro kengashining navbatdan tashqari sessiyasini bugun o‘tkazishni talab qilayotgani yana bir surbetlik holati. Bu KQTT Buyuk Britaniyaga 8-moddaga muvofiq holda ikki tomonlama texnik yordam ko‘rsatish jarayonini yakunlamasdan yuz berishi kerak ekan, hamda bunday xatti-harakat kimyoviy qurol bo‘yicha konvensiya, KQTT va texnik kotibiyatga hurmatsizlik sanaladi», - deya ma'lum qilgan Foggo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KQTTdagi Britaniya delegatsiyasi Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha taklifini rad etgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid