Mustaqilligi: 23 sentabr 1932 yil
Rasmiy tili: Arab
Poytaxti: Ar-Riyod
Boşqaruv tizimi: Mutlaq monarxiya
Aholisi: 31.5 million (dunyoda 41-örin)
Valyuta: Saudiya Riyoli
TeRMA JAMOA:
Foto: AFP/Daniel Kalisz
Laqabi: «Sahro burgutlari»
Konfederatsiya: OFK
Boş murabbiy: Xuan Antonio Pitstsi
Jamoa sardori: Usoma Havsaviy
Eng köp öyin ötkazgan: Muhammad Ad-Dayya (178)
Eng köp gol urgan: Majid Abdulla (42)
Libos rangi: yaşil-oq
FIFA reytingidagi örni: 69 (15 mart holatiga)
Eng yirik ğalabasi: Şarqiy Timor - 10:0 (2015)
Eng yirik mağlubiyati: Marokaş - 0:13 (1961)
Osiyo kubogi: Çempion (1984, 1988, 1996)
Jahon çempionati: 1/8 final (1994)
Saudiya Arabistonida futbol 1976 yildan buyon mavjud deyiş mumkin. Neftning narxi keskin oşişi oqibatida, ular ham qanaqadir ovunçoqqa ehtiyoj sezişdi: stadionlar qurila boşlandi, futbol infratuzilmasi yaxşi holatga keltirildi, bir qator futbol yulduzlari taklif etila boşladi. Masalan, öz vaqtida Ferents Puşkaş bir yil mobaynida mamlakat terma jamoasiga ustozlik qilgandi. Sakkiz jamoadan iborat liga taşkil qilindi, beş yil ötib esa, 1981 yilda ikkinçi divizion ham paydo böldi.
Saudiya futbolidagi ösişni köpçilik Fahd Abdulaziz as-Saud nomi bilan boğlaşadi. 1982–2005 yillarda qirollik taxtiga ötirgan as-Saudning futbolga qiziqişi natijasida mamlakat futboli Osiyoda yetakçilar qatoriga çiqib oldi va bu davrda arablar uç marta Osiyo kubogida ğolib çiqqandi.
Foto: Getty Images
Hammasi oddiy, agar elita futbolga qiziqsa, e'tibor ham şunga yaraşa böladi va natijalar ham kuttirmaydi. Yoki aksinça... 1990 yillarga kelib futbol islohotlari davom etdi va Qirol Fahd kubogiga asos solindi. Aynan mana şu turnir asosida keyinçalik, 1997 yilda FIFA Konfederatsiyalar kubogini taşkil qilingandi.
Mavzuga oid
Dunyoga esa, saudiyaliklar qanday kirib kelganini eslasangiz kerak. Belgiya, Niderlandiya kabi jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan qit'adoşlarimiz 6 oçko töplab guruhdan çiqiş vazifasini uddalaşgandi. Niderlandiya bilan öyinda jamoa uzoq vaqt hisobda oldinda borib, keyin ğalabani qöldan çiqargan bölsa, Belgiya mağlubiyatga uçratilgandi. Nimçorak finalda bölajak uçinçi örin sohiblari Şvetsiya terma jamoasi qahramonlarimizni töxtatib qolgandi.
Saudiya Arabistoni keyingi jahon çempionatlarida ham muntazam qatnaşdi, xususan, JÇ-2006 saralaş öyinlarida ular Özbekiston terma jamoasi bilan bir guruhda joy olişgandi. Germaniyada bölib ötgan öşa jahon çempionati saudiyaliklar uçun sönggisi bölib turgandi, qaysidir ma'noda mamlakat futbolidagi bu pasayişda qirol Fahd 2005 yilda vafot etganining ham aloqasi borligi şubhasiz. 1994-2006 çempionatlarda esa, Saudiya öşa yuqorida tilga olingan AQŞ-94, hamda Osiyoda bölib ötgan 2002 yilgi jahon çempionatida nemislardan yirik 0:8 hisobidagi mağlubiyat bilan esda qolişdi xolos.
YaNGI DAVR
Ana endi mamlakatda futbolning istiqbolini ijobiy tomonga özgarişiga umid boğlasa böladi. Mamlakatdagi deyarli birinçi inson bölgan şahzoda Muhammad Ibn Salmon atigi 32 yoşda, umuman mamlakat aholisining örtaça yoşi 29 yoşni taşkil qilmoqda. Aynan Ibn Salmon Saudiya Arabistonining dunyodagi salbiy imijini yaxşilaş uçun turli loyihalarni işga tuşirdi. Saudi Vision 2030 dasturi böyiça ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar amalga oşirilişi közda tutilgan. Maqsad bitta: dunyoga oçiqroq va tolerantroq Islom va Saudiya Arabistonini taqdim etiş.
Foto: LEON NEAL/GETTY IMAGES
«Biz bu qarorni qabul qilar ekanmiz, endi futbol haqiqiy professionallar qöliga ötişiga işonmoqdamiz. Bu özgarişlar bir qator foydali investitsiyalarga yöl oçadi va minglab yangi iş örinlari yaratiladi», – dedi Ar-Riyod savdo palatasi matbuot kotibi Majid Abdulla.
Boşqa tarafdan sport amaldorlari vaziyatning salbiy qismlariga urğu qaratişmoqda, misol uçun, stadionga heç kim bormayapti. Bu masala ham yeçiliş arafasida – endi ayollar ham futbolga borişlari mumkinligi haqida gaplar bor. Bu ham ijtimoiy islohotlarning bir qismi, hozirça faqat Ar-Riyod, Jidda va Dammamda ayollar hamrohsiz ham stadionga borişlari mumkin. Töğri, ayollar sektori alohida taşkil qilingan.
Foto: Michael Regan/Getty Images
Ayollar maşina haydaş, kinoteatr va konsertlarga boriş, restoranlarda hamma qatori ovqatlaniş va «Al Ahli»ga stadiondan turib muxlislik qilişga ruxsat olişlari futbol uçraşuvlaridagi taşrif kölamini birmunça oşirişidan umid qilinmoqda.
«Saudiyada erkaklar futbolni juda yaxşi körişadi va tuşunişadi. Ma'lum sabablarga köra, Yevropadagi kabi muxlislar yiğilib futbol köriş mumkin bölgan pivo barlari yöq, ammo çoy, kofe yoki kalyan ustida futbol tomoşa qilişga odatlanişgan», – deb yozadi uç yil Saudiya Arabistonida yaşagan VVS naşrining rossiyalik muxbiri Mariya Saşinskaya, – «u yerda restoranlarda erkaklar va oilaviy taşrif buyurganlar alohida ötirişadi. Bir kuni hatto katta restoranda bir özim qolib ketişimga töğri kelgandi. «Barselona»ning öyini edi, Jiddagi kafening erkaklar bölimi odamga töla, men esa, oilaviy korpusda futbol tugaşini va erim meni uyga olib ketişini kutib ötirgandim. Hozirda hammasi özgarmoqda, restoranlar ham, futbol ham...»
Albatta, bu yer Yevropa emas va ba'zida boşqalar uçun ğalati tuyuladigan voqealar uçrab turadi. Masalan, qaysidir legioner futbolçining soç turmagi aksilislomiy xarakterda deb topilib, öyinning örtasida hammasi töxtatilgan va maydon çetida sartaroşlar kerakli işni qilganlaridan söng davom ettirilgandi. Yoki şu yilning yanvar oyida «An-Nojum» futbolçisi ustidan oçilgan jinoiy işni eslaş mumkin. U zaxira örindiğida ötirib, şeriklari urgan golni maşhur «deb» usulida nişonlaydi. Uning bu harakati telekameralarga ham tuşib qoladi. Ma'lum bölişiça, bunday harakatlar mamlakatda taqiqlangan ekan.
Yaxşi xabarlar ham bor, masalan, şayxlar legionerlarga bölgan limitni kengaytirişdi. Avvallari faqat 4 legionerga (ulardan biri darvozabon va biri osiyolik bölişi şart) ruxsat berilgan bölsa, endilikda 6 nafargaça köpaydi. Bu ham mahalliy klublarning yulduz futbolçilarni jalb qilişga undasa kerak.
ARABISTONDAGI «BeGONALAR»
Öz vaqtida Kiyevning «Dinamo» jamoasidagi öyinlari bilan bizga taniş bölgan Sergey Rebrov hozirda «Al-Ahli»ni boşqarmoqda va u yiliga 2.4 million maoş oladi.
Foto: alahliclub.ae
«Bu yerda hal qilinişi kerak bölgan muammolar juda köp», – deb Saudiyadagi futbol haqida hikoya qiladi Rebrov, – «balki şuning uçun imkon qadar köproq yevropalik murabbiylarni taklif qilişmoqda. Men öz işimdan taşqari har oy bolalar murabbiylari va yoşlar jamoalardagi murabbiylarga ma'ruzalar öqiyman. Ular Osiyo va Yevropa butunlay boşqa ekanini tuşunişadi, albatta. Ular yuqori sifatga intilişadi, töğri, ammo ba'zida şunday holatlarga duç kelasanki, buni Yevropada tasavvur qiliş qiyin. Bu tezda önglanadigan holat ham emas. Nafaqat futbol, biznesda ham şunaqa, qöl ostingdagi odamga biror iş buyurasan, lekin agar yana eslatib turmasang, bir haftada esdan çiqib ketadi va bu normal holat hisoblanadi. Yevropada futbolçilar yanada tartibli, intizomli, bu yerda teskarisi. Har bir maşğulot uçun futbolçilarga motivatsiya berişga muhtojlik sezasan. Hayot tarzi ham şunday, kuni böyi uxlaşadi va zörğa maşğulotga kelişadi. Ba'zida heç narsa yemagan bölişadi, kelib, ozgina meva yeyişadi-da, yugurib ketaverişadi. Bu notöğri».
Rebrov şuningdek, maşğulotlar va öyinlarning namoz paytiga töğri kelmasligi lozimligi, ayniqsa, Ramazon oylarida futbolçilarning bir kun qoldirmay röza tutişlari ham tösqinliklardan biri sifatida e'tirof etadi.
Yana bir mehmon – Mark Klattenburg. APLda 13 yil hakamlik qilgan va Yevropa miqyosidagi bir qator yirik finallarni boşqargan maşhur hakam kutilmaganda Saudiyada paydo böldi.
Foto: Getty Images
Klattenburgning keyinçalik e'tirof etişiça, u Saudiyaga pul uçun bormagan.
«Men Ueyn Runi Çarltonning rekordini yangilagan öyinni boşqarayotgandim. Öyin tugagaç, xonamga Joze Mourino kirdi va «Stok Siti» darvozasiga penalti qöymaganimni aytib, e'tiroz qila boşladi. Aslida, fikrimça öyinni juda yaxşi boşqargandim. Öşa vaziyat ham töliq esimda, töp futbolçining qöliga emas, kökragiga tekkandi. Ammo baribir özimdan şubhalana boşladim. Uyga qaytişda bu haqida köp öyladim. Hakamlik qilib töğri qilyapmanmi? Bu işdan zavq olyapmanmi? Bu menga nega kerak? Va men bu işdan voz keçişga qaror qildim», - deb eslaydi Mark Klattenburg.
Albatta, Mark butunlay hakamlikni tark etmagan va aytişlariça, u Saudiyada baxtli. U ilgari uning örnida işlagan Hovard Uebbning yölidan borib, xorijdan mutaxassislarni jalb qiliş an'anasini davom ettirmoqda. Futbolçilarga kelsak, töğri, ba'zida maşhur murabbiylar kelib turadi, ammo öyinçilar asosan Suriya, Iroq, Misr yoki Daniya, Norvegiya, Belgiya kabi ikkinçi darajali Yevropa ligalaridan kelişadi.
TeRMA JAMOA
Foto: Getty Images
«Ularning terma jamoasi kelajakda ham top darajaga çiqişiga işonmayman. U yerda bolalar u qadar futbolçi bölişga qiziqişmaydi. Arablar uçun asosan yaxşi ta'lim oliş va dinni yuqori qöyişadi», – degandi faoliyatining asosiy qismini arab ölkalarida ötkazgan rossiyalik murabbiy Andrey Çernişov.
Lekin 12 yillik tanaffusdan söng terma jamoaning mundialga qaytişi mamlakatda juda katta xursandçilik bilan kutib olindi. Eng qiziği esa, butun saralaş siklini terma jamoa bilan bosib ötgan niderlandiyalik mutaxassis Van Maarveykni iste'foga çiqarib yuborişdi. Rasmiy sabab sifatida arablarning yozda yaponlar va amirliklardan uçralgan mağlubiyat körsatilsa-da, murabbiyning özi vaziyatni boşqaça izohladi: «Men mundialga jamoa bilan birga borişni niyat qilgandim, axir aynan şuning uçun bu işga rozilik bergandimku? Ammo heç kim menga qanday işlaşni örgatmasligi kerak. Muvaffaqiyatdan söng, ğalabaning otalari köpayib ketdi. Hamma terma jamoa haqida gapirar va bu yutuqda asosiy işni özi qilgani haqida maqtanardi. Hatto yöllanma qölga kiritilgaç, ştabimdagi bir qator yordamçilarimni işdan olişdi. Bunga çidab bölmasdi», – deydi sobiq boş murabbiy.
Oradan bir oy ötib, argentinalik Edgardo Bausa tayinlandi. U kelişi bilan barçasini tubdan özgartirişga kirişdi. Van Maarveykdan qolgan barçasini buzişni niyat qilgan murabbiy bilan jamoa yetakçilari ham çiqişmay qolişdi. Bir qator mağlubiyatlardan söng uni ham haydab, jamoaga Xuan Antonio Pitstsini olib kelişdi. Öşa Çili terma jamoasi bilan jahon çempionatiga çiqa olmagan Pitstsini. Van Maarveyk esa, saralaşda aynan saudiyaliklardan orqada qolib, pley-offda öynaşga majbur bölgan Avstraliya terma jamoasini boşqaradigan böldi.
Terma jamoa futbolçilari töliq mahalliy klublar a'zolaridir. Salim ad-Dosariy, Fahad al-Muvallad kabi futbolçilar hozirda Ispaniyaning «Vilyarreal» va «Levante» klubida şuğullanmoqdalar, ammo bu ham ijara şartnomasi asosida va ular hali biror marta ispan klublari tarkibida maydonga tuşganlari yöq.
E'TIBOR BeRIŞ KeRAK: MUHAMMAD AS-SAHLAVIY
Foto: Getty Images
«An-Nasr»ning 31 yoşli hujumçisi terma jamoaning asosiy kuçlaridan biri sanaladi. U 2006 yildan buyon Saudiya Arabistonining turli yoşdagi terma jamoalarida öynab çiqqan. 2009 yildan beri esa, boş jamoaning yetakçi futbolçilaridan biri, aynan şu yildan buyon «An-Nasr» libosini kiyib, 100dan ortiq gol muallifi bölgan. Terma jamoa safida ham 22 gol urgan va bu körsatkiç böyiça bugungi jamoaning yetakçisi sanaladi.
Yuqorida tilga olingan Saudi Vision 2030 dasturi böyiça saudiyaliklar «Mançester Yunayted» klubi bilan ham hamkorlik qilişmoqda va buning bir qismi ölaroq Muhammad As-Sahlaviy yaqinda uç hafta mobaynida ingliz klubi bilan birga maşğulotlarda qatnaşadi. Şu orqali arablar yetakçi hujumçilarini mundialga tayyorlaşni niyat qilişgan.
JÇ-2018
Foto: Getty Images
Saudiya Arabistoni JÇ-2018 ning oçiliş öyinida «Lujniki»da Rossiya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Mundialning ilk öyini butun dunyoning köz öngida bölişi tabiiy. A guruhidan şuningdek, Misr va Urugvay terma jamoalari ham örin olgan. Ikkinçi turni arablar Rostovda Urugvayga qarşi ötkazişsa, guruhdagi sönggi öyin Volgogradda Misrga qarşi keçadi. Öşa pallada imkoniyatlar qanday bölişidan qat'i nazar arab derbisi köpçilikning e'tiborini jalb qilişi şubhasiz.