19-27 mart kunlari Antaliya Xalqaro turizm akademiyasi Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining qöllab-quvvatlaşi ostida mamlakatimizning uç şahri - Toşkent, Samarqand va Buxoroda Akademiyada 2 yillik bepul ta'lim oliş uçun Grant taqdim etişga yönaltirilgan tanlovni ötkazdi. Qömita vakillarining ma'lum qilişiça, tanlovning asosiy maqsadi - Özbekiston Respublikasidagi iste'dodli va qobiliyatli yoşlarni qöllab-quvvatlaş.

Foto: Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Tanlovda Özbekistonning oliy ta'lim muassasalari va kollejlarida tahsil oluvçi 250 nafar talaba iştirok etdi. Tanlov sinovlari Akademiya vakillari tomonidan ikki fan (matematika va ingliz tili) böyiça yagona vazifa körinişida ötkazildi.

Mazkur tanlov yakunlari 2018 yilning 1 may kuni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining rasmiy sahifasida yoki "Turizm öquv-konsalting markazi" saytida e'lon qilinadi. 

Foto: Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi
Foto: Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi