Amaldagi tartiblarga muvofiq, Özbekiston Respublikasi hududida havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta'minlaş va lazerli nur tarqatgiçlarni noqonuniy işlatişning oldini oliş maqsadida bu kabi mahsulotlarni çetdan olib kiriş va sotiş taqiqlangan.

Ammo ayrim şaxslar lazerli nur tarqatgiçlarni qayta sotiş yöli bilan mömay daromad orttiriş maqsadida qonunbuzarlikka qöl urmoqda, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.

Yaqinda Andijon viloyati bojxona boşqarmasi “Döstlik” çegara bojxona kompleksiga Qirğizistondan kirib kelgan fuqaro, 1988 yilda tuğilgan M.I.ning qöl yuklari rentgen apparati yordamida közdan keçirilganda şu kabi qonunbuzarlik foş etildi.

Natijada, uşbu ayolning yonida bojxona xodimlarining oğzaki sörovida ma'lum qilinmagan qiymati 2 040 000 sömlik, xorijda işlab çiqarilgan jami 408 dona lazerli nur tarqatuvçi mahsulotlar borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi.

Şuni ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasining Ma'muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksi 22719-moddasiga muvofiq iqtisodiy siyosat çoralari va boşqa çeklovlar qöllaniladigan tovarlarni ana şu çoralar va çeklovlarni qöllanişning belgilangan tartibini buzgan holda Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali olib ötiş, Özbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan taşqari, agar jinoyat alomatlari bölmasa, fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam iş haqining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — yetti baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, mazkur Kodeksning 116-1-moddasi talablariga  muvofiq havo kemasidan foydalaniş vaqtida havo kemasiga lazer nurini yönaltiriş orqali xalaqit beriş — huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, eng kam iş haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi.