Italiya chempionatining 27-turida «Milan» «Inter» bilan o‘ynadi. «San Siro – Juzeppe Meatstsa» stadionida kechgan Milan derbisida hisob ochilmasdan qoldi - 0:0.
Shu tariqa, «Inter» chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 5 o‘yinga yetkazdi (3 g‘alaba va 2 durang), «Milan» ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. O‘tgan turda «Yuventus»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatgacha (1:3) milanliklar 2018 yil boshidan buyon A Seriyada mag‘lub bo‘lishmagandi.
Endilikda «Inter» 59 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda, «Milan» 51 ochko bilan – oltinchi.
Turning boshqa o‘yinlarida «Torino» «Krotone»ni yirik hisobda taslim etdi (4:1), «Kevo» «Sassuolo» bilan durang o‘ynadi (1:1), «Benevento» «Verona» ustidan yirik g‘alabaga erishdi (3:0).
«Benevento» ayni vaqtda 13 ochko bilan 20-o‘rinda, «Verona» esa 22 ochko to‘plagan holda oxirgidan oldingi o‘rinda joylashgan.
Italiya chempionati
27-tur
Milan – Inter 0:0 (0:0, 0:0)
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura (Borini, 81), Montolivo (Lokatelli, 69), Chalxanoglu, Kessie, Suso, Kutrone (Kalinich, 69).
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, D`Ambrozio, Joau Kanselu, Miranda, Galyardini, Brozovich, Rafinya (Valero, 71), Kandreva (Eder, 78), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (21), Perishich (57), Shkrinyar (58), Kandreva (71), Suso (77).
Torino – Krotone 4:1 (3:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 16 Belotti, 2:0 – 20 Yago Falke, 3:0 – 36 Belotti, 4:0 – 68 Belotti, 4:1 – 90 Faraoni.
Torino – Sirigu, Bonifatsi, Burdisso, Moretti (Buondjorno, 82), Ansaldi, Lyayich, Rinkon, Yago Falke, Bazelli (Obi, 73), de Silvestri (Barreka, 59), Belotti.
Krotone – Kordats, Sampirizi, Ayyeti, Faraoni, Pavlovich, Roden (Krochata, 80), Barberis, Benali (Dzanellato, 16), Chekkerini, Simi, Trotta (Tumminello, 71).
Ogohlantirishlar: Faraoni (35), Rinkon (66).
Benevento – Verona 3:0 (1:0, 2:0)
















