Farğona viloyatining Rişton tumani dehqon bozorida xayriya aksiyasi ötkaziş yöli bilan «Roşidoniy xalq kutubxonasi» oçib, kitoblar töplab, ularni riştonliklarga tekinga öqişga berib turgan, ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan maşhur bölgan Dilşod Boltaboyev kutubxonani 10 kun içida buzib taşlaş uçun ogohlantiriş xati olganini özini Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.
Dima Qayum özining Facebook’dagi sahifasi orqali jonli efirga çiqib, kutubxonani saqlab qoliş uçun Prezidentdan yordam söradi.
Dima Qayum Facebook’da joylaştirgan postlarida «Qani xalqim degan jurnalistlar?! Yordam beringlar!», deb xitob qiladi. Şuningdek, turli provokatsiyalarga uçraşining oldini oliş maqsadida «Kutubxonadan noqonuniy kitoblar yo narkotik modda çiqibdi, deyişsa işonmanglar!», deb xabar qoldirgan.

Dilşod Boltaboyevning tuşuntirişiça, Rişton tuman «Dehqon bozori» MÇJ boşqaruvi raisi I.Oripjonov uşbu kutubxona qurilişida özi ham xayrixoh bölgan. Ötgan bir yil içida nima özgardi? Fevral oyi boşida Rişton tumanida hokim özgardi. Adabiyot va şe'riyatga ixlosi balandligi bilan tanilgan Ğayratali Turğunoviç Mamadaliyev öz arizasiga köra işdan böşatilib, tuman rahbarligiga şu paytgaça Söx tumani hokimi bölib işlab kelgan Tavakkaljon Esonaliyeviç Rahimov saylandi. Yangi hokim Riştonda tuğilgan, ilgari şu tumanda IIB boşliği vazifasida ham işlagan.
Kun.uz ijodiy guruhi Rişton tuman dehqon bozorida röy berayotgan buziliş işlari haqida reportaj











