Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va bevosita topşiriği asosida mamlakatda ilk bor dunyo tibbiyotida eng murakkab va nozik amaliyot hisoblangan organlar transplantatsiyasi böyiça zamonaviy operatsiyalar amalga oşira boşlandi, deb xabar bermoqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati. 

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Ötgan yildan e'tiboran akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak köçirib ötkaziş böyiça operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinayotgan bölsa, joriy yildan uşbu markazda mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinçi marta jigarni köçirib ötkaziş operatsiyasi yuqori natija bilan ötkazildi. 

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak köçirib ötkaziş operatsiyalari kundalik amaliyotlar qatoridan joy olgan. Ötgan qisqa vaqt içida qirq nafardan ortiq bemorga uning yaqinlaridan buyrak köçirib ötkazildi. Bundan taşqari, markaz olimlari tomonidan salomatlik bilan boğliq öta murakkab vaziyatlarda ham töğri qaror qabul qilinib, inson hayoti saqlab qolinayotgani quvonarli. Yaqinda buyrak yetişmovçiligi bilan birga, qandli diabet xastaligidan ham aziyat çekayotgan bemorda xuddi şunday amaliyot bajarildi. Uşbu jarayon şifokorlardan nihoyatda katta mas'uliyat va tajriba talab qilişi bilan ajralib turdi. 

Şunday murakkab amaliyotlardan biri Respublika Gematologiya va qon quyiş ilmiy tekşiriş institutida ham ötkazib kelinmoqda. Institut olimlari jahon tibbiyotining ilğor yönalişi — özak hujayra transplantatsiyasini özlaştirib, hozirda uni muvaffaqiyatli yölga qöydi. 

Bugun Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida Turkiyaning Başkent tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda yangiyöllik 14 yoşli bemor Umidjon Abdumadjidovga 35 yoşli otasi Ilgor Abduqayumov donorligida buyrak köçirib ötkaziş operatsiyasi bajarildi. 

— Transplantatsiya jarrohligi zamonaviy tibbiyotning istiqbolli yönalişlaridan biri. Bunday yuqori texnologik operatsiyalar AQŞ, Rossiya, Germaniya, Norvegiya, Şveytsariya, Turkiya kabi tibbiyoti rivojlangan davlatlardagina bajarilardi, xolos, — deydi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori Abduhakim Xadjibayev. — Mana, bugun yurtimiz tibbiyoti ham ana şu ilğor mamlakatlar qatoridan joy oldi. Markazimizda birinçi marta buyrak köçirib ötkaziş amaliyotini bajardik. Bu operatsiya öta murakkab va noyob usul hisoblanadi. Şu bois markazda katta tayyorgarlik körildi. Xorij tajribasini örgandik. Şundan söng, Turkiyaning Başkent tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda markazimiz tarixida ilk bor buyrak transplantatsiyasi bajarildi. Amaliyot Başkent tibbiyot universiteti rektori, Jahon transplantologlari jamiyati prezidenti Mexmet Xaberal bilan hamkorlikda ötkazildi. Operatsiya jarayonida turkiyalik va özbekistonlik mutaxassislar öz mahoratlarini körsatişdi.