5 aprel kuni Misrda "Kök kit" öyinida iştirok etişni taqiqlovçi fatvo berildi. "Al-Ahram" gazetasi Fatvolar boşqarmasi xabariga asoslanib, şu haqida ma'lum qildi. Yil boşidan buyon mamlakatda kamida ikki bolaning ijtimoiy tarmoqdagi "ölim guruhi"ga qöşilişi fonida öz joniga qasd qilişi holatlari qayd etilgan.
Fatvoda, xususan, ota-onalarga öz farzandlari xatti-harakatlarini nazorat qiliş va bunday öyinlar xavfi jiddiy ekanligi bilan boğliq xabardorlikni oşiriş vazifasi yuklatiladi. Bundan taşqari, Fatvo boşqarmasi tegişli organlarni bu öyinni qonunga zid deb e'lon qilişga, bolalar va ösmirlar hayotiga halokatli tahdidi tufayli uni har qanaqasiga taqiqlaşga çaqirgan.
2 aprel kuni Ğarbiya provinsiyasida sobiq mamlakat parlament deputatining 18 yoşli öğli öz joniga qasd qilgan. Ma'lum bölişiça, u ijtimoiy tarmoqlardagi "Kök kit" va şu kabi öyinlarga aloqador bölgan. Joriy yilning yanvarida 32 yoşli misrlik ayol "ölim guruhi" vazifalarini bajarib, öz otasini öldirişgaça borgan, keyinçalik u ruhiy jihatdan nosoğlom deb topilgan.
Sönggi vaqtlarda halokatli öyin butun dunyo böylab tarqalmoqda va MDH, Braziliya, Argentina, Hindiston, Tunis yoşlarini öz töriga ilintirmoqda.
















