GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan e'lon qilingan bayonotida öz holati haqida aytib ötdi.

«Men bir hafta muqaddam özimga keldim va kun sayin kuçim tiklanayotganini xabar qilişdan xursandman. Men özimga bildirilgan qiziqiş va köplab ezgu tilaklar uçun minnatdorman», - deyiladi Skripalning bayonotida.

U şuningdek zaharlanişdan söng otasi bilan unga yordam körsatgan Solsberi fuqarolariga, okrug şifoxonasi xodimlariga taşakkur bildirdi. Skripal öz otasining ahvoli haqida heç narsa demagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq London Skripalni zaharlaşda işlatilgan modda manbaini topgani xabar berilgandi.