09:41 / 07.04.2018
21591

Nurmagomedov: bu telbalik

Foto: screen-ad.ru

Aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov UFC 223 musobaqasidagi jangi arafasida bir hafta davomida ro‘y bergan voqealar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta «telbalarcha» kechgan.

«Telbalarcha haftalik. Hammasi tugadi. UFC prezidenti Dan Uayt va UFC’dagi barcha yigitlarga rahmat. Hamda, albatta, mening menejyerim Ali Abdul-Azizga ham», - deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi sahifasida.

Avvalroq amerikalik aralash uslub jangchisi El Yakvinta Nyu-Yorkda 7 aprelda o‘tadigan UFC 223 musobaqasining chempionlik kamari uchun jangida rossiyalik Xabib Nurmagomedovning raqibi bo‘lishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top