Özbekiston Professional futbol ligasi Superliganing 4-turidan örin olgan AGMK «Lokomotiv» uçraşuvida kostyum-şim kiymasdan öyinga çiqqan «Lokomotiv» murabbiylar ştabini ogohlantirdi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar berilgan.
«Özbekiston Professional futbol ligasining 2018 yil 12 mart kungi 35-sonli buyruğiga muvofiq Superliga futbol klublari murabbiylari keng ommaning e'tiborida bölişi hisobga olinib, ular öyindan oldin, öyin vaqtida va undan keyingi rasmiy marosimlarda rasmiy kiyimda (kostyum, şimda va galstuk taqqan holda) bölişlarini ta'minlaş belgilab qöyilgan hamda klublar rahbariyati bu borada yozma ravişda xabardor qilingan», deyiladi bayonotda.
Superliganing 4-turidan örin olgan AGMK — «Lokomotiv» öyinida musobaqani ötkaziş uçun mas'ul taşkilot yuqorida belgilab bergan tartibning buzilişi holati kuzatildi. Superliga klublari boş murabbiylari yuqoridagi topşiriqni bajardi, biroq «Lokomotiv» klubi murabbiylari 3-turda mazkur topşiriqqa e'tibor qaratib, 4-turda yana özi bilganiça iş tutdi.
PFL tomonidan belgilab berilgan talabning buzilişi hisobga olinib, ÖFAning Tartib-intizom kodeksining 4-bob, 5.57 bandiga asosan «Lokomotiv» futbol klubi yozma ravişda ogohlantirildi. Bunday hol qayta takrorlansa, jamoaga moddiy jarima solinadi.

















