«Paxtakor»ning mağlubiyati va çempionatdagi bir neça yuz million sömlik jarima — 2017 yilning sentabridan beri bu ikki voqelik yonma-yon yurişiga örganib qoldik. Özbekiston Futbol Federatsiyasi (hozirgi Assotsiatsiya) rahbariyati özgarganidan beri («Paxtakor»ga juda yaqin odamlar uning tepasiga kelganidan beri, deb öqing) «Paxtakor»dan oçko tortib olgan deyarli har bir klub u yoki bu darajada jabrlandi. Yo biror futbolçisi çetlatiladi, yo jamoaga jarima solinadi. Jarimalar miqdori esa oydan oyga oşib bormoqda.
Superliga 2-turidagi «Bunyodkor» bilan bölgan öyin hisobmas — «Bunyodkor» bu öyingaça yarim milliard sömlik jarimaga tortilib bölgan edi — bir oy içida «Bunyodkor»dek klubga ketma-ket ikkinçi marta bir neça yuz million sömlik jarima solinişi eng-eng tepadagilarni ham ÖFA rahbarlari öz örniga haqiqatan ham loyiqmi-yöqmi, deb ikkilantirib qöygan bölardi, xoynahoy.
Şunday qilib, «Nasaf» — «Paxtakor» öyinini eslang. Toşkent klubi uni grand klubga aylantiriş uçun olib kelingan gruziyalik jismoniy tarbiya öqituvçisi bilan birga nima qilib taşlandi, hamma kördi (buni «Paxtakor» rahbarlari ham körganiga transfer bozorida guvoh böldik — qişda «Nasaf»ning bir neça futbolçisi «şer»ga aylandi). Keyin «Nasaf»ga 100 million söm jarima solindi — jamoa muxlislari Lobanovni haqorat qilgani uçun (töğri, «Paxtakor»ga ham 50 million söm jarima solindi — Lobanov «Nasaf» muxlislarini haqorat qilgani uçun).
Endi, keçagi voqea. Aybsiz aybdor — «Buxoro». Aybdor bölgani uçun jazolangan ham — «Buxoro». «Buxoro»ning eng asosiysi aybi — menimça — «Paxtakor»ni mağlub etgani. Jazo esa, PFL saytining yozişiça, «Buxoro» muxlislari uçraşuvning «20, 26 va 55-daqiqalarda hakamni, 40- hamda 56-daqiqalarda esa raqib jamoani haqoratlaşdan tiyilmagani» uçun. Jazo jarima körinişida — «atigi» 300 million söm (uning miqdori 500 million söm bölişi ham mumkin edi).
Bilasizmi, bu yilgi çempionatning eng asosiysi yangiligi nima? Barça, deyarli barça uçraşuvlar televideniye orqali körsatilyapti, öyinlarning videosini internetda ham qayta-qayta köriş mumkin. «Buxoro» muxlislari keçagi öyinda hakam va «Paxtakor» futbolçilarini haqorat qilganini rad etmoqçi emasman, ularni oqlaş niyatim ham yöq. Faqat, şunday haqoratlar avvalgi turlarda boşqa stadionlarda ham yangraganini, lekin bu haqoratlardan söng PFLning vallomatlari «klub muxlislari bilan ham işlasin, ularni tartibga çaqirsin» deb aql örgatib çiqmagani, 300 million sömlik jarimalari yozilmaganini eslatmoqçiman, xolos.
ÖFA, PFLda döstlarimiz, yaxşi tanişlarimiz köp. Ulardan kimdir mana şunaqa mantiqsiz jarima qarorlarini öylab topayotgan odamlarga tuşuntirişi kerak, menimça. Körgan bölsangiz, Özbekiston Prezidentining matbuot kotibi ham aytyapti: «Yillar davomida yiğilib qolgan muammolarni bir kunda, bir haftada, bir oyda hal qilib bölmaydi», — deb. Futbol muxlislarimiz yillar davomida hakamlar va futbolçilarni sökib kelgan, 300 million sömlik jarimalar bilan bir kunda tarbiyalab bölmaydi. Umuman, ularni stadionda tarbiyalaşga urinişning özi mantiqsiz (ularni, iloji bölsa, heç bölmasa boğçadan boşlab tarbiyalaş kerak edi). Bu, birinçidan.

















