Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati sovuq urushdan ham yomon darajada bo‘lib turibdi.

«Men har doim shuni aytamanki, hozir yanada yomon! Sovuq urush vaqtida tushunarli edi: mafkuraviy qarama-qarshilik, biroq chegara bor edi, haqiqat bor edi, ulardan o‘tib bo‘lmasdi, hech qanday tahdid, sanksiyalar yo‘q edi», - deya ma'lum qildi Bujinskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik yadro qurolidan foydalanish bilan yakunlanadi. Ta'kidlanishicha, Rossiyaning Amerika raketalari hamda ularning tashuvchilariga qarata javob zarbasi to‘g‘risidagi bayonotlar – bu hazil emas.