Sport | 12:42 / 07.04.2018
35247
1 daqiqa o‘qiladi

UFC Makgregorning Nurmagomedov bo‘lgan avtobusga hujumi videosini e'lon qildi

Foto: Videodan kadr

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) matbuot xizmati YouTube’dagi o‘z kanalida aralash yo‘nalish bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorning UFC 233 musobaqasi ishtirokchilari o‘tirgan avtobusga hujumi tasvirlangan videoyozuvni e'lon qildi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar bermoqda.

Makgregor va uning jamoasidan bir necha kishi, jumladan sparring-sherigi Artem Lobov ichida sportchilar bo‘lgan avtobusga hujum qilishgan. Ta'kidlanishicha, transportda rossiyalik Habib Nurmagomedov ham bo‘lgan, unda Lobov bilan yaqinda mehmonxonada mojaro yuz bergandi.

Keyinchalik irlandiyalik Nyu-York politsiyasiga o‘zini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov UFC 223 musobaqasi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani davomida irlandiyalik Konor Makgregorning provokatsiyalariga javob qaytarib, unga istalgan vaqtda va istalgan joyda munosabatlarni aniqlashtirib olishni taklif qilgandi.

Mavzuga oid