Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi boks keçasining beşinçi jangi bölib ötdi.
-91 kg vazn toifasida ringga çiqqan Sanjar Tursunov «Venezuela Caciques» vakili Xuan Visente Diasga qarşi jang ötkazdi. Bahs referesi ikkinçi raundda Tursunov foydasiga hisobni oçdi. Törtinçi raundga kelib, refere yana bir marta Sanjar foydasiga hisobni qayd etdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, beş raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga köra «Uzbek Tigers» vakili, Surxon öğloni Sanjar Tursunov 3:0 hisobida ğalaba qozondi.


Bu jangdan söng «Uzbek Tigers» - «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 5:0 körinişini oldi.
Şunday qilib, C1 jamoa öyinlari yakuniga yetdi. Şu kunning özida C2 jamoasidan örin olgan janglar ham ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz: Dastlabki bahsda -49 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Nodirjon Mirzaahmedov «Venezuela Caciques» vakili Luis Vaskes Polankoning diskvalifikatsiya qilinişi tufayli ğalaba qozondi. Şundan söng -56 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Şahobiddin Zoirov raqibi Yoel Finolni 3:0 hisobida yengdi. -64 kg vazn toifasida esa özbekistonlik boksçi Aliyor Noraliyev ringdagi raqibi Kristian Palasioni ham xuddi şu hisobda mağlub eta oldi. Törtinçi bahsda -75 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Isroil Madrimov venesuelalik boksçi Keyber Gonsales ustidan











