Bugun, 7 aprel kuni «Söğdiyona» rahbariyati navbatdan taşqari yiğiliş ötkazdi, deb xabar beradi Sports.uz.
Yiğiliş davomida jamoaning qoniqarsiz natijalari muhokama qilindi. Ma'lumki, mavsum boşidan buyon jamoa bor yöği 1 oçkoni qölga kiritdi. Raqiblar darvozasi atigi 1 marotaba işğol qilindi. Şundan kelib çiqib, jamoa rahbariyati Aleksandr Moçinovni «Söğdiyona» boşqaruviga loyiq emas deb hisoblab, iste'foga çiqardi.
Manbaning ma'lumotiga köra, «Söğdiyona» klubida moliyaviy tomondan xeç qanday muammo yöq. Murabbiylar ştabi va barça futbolçilarning oylik maoşlari öz vaqtida berilmoqda.
Jamoa ertadan «Navbahor»ga qarşi tayyorgarlikni boşlaydi. Tez orada yangi boş murabbiy nomi e'lon qilinadi.

















