Biz texnologiyalar va smartfonlarga qaramlik davrida yashayapmiz. So‘nggi vaqtlarda qayerga bormaylik, qo‘limizda telefon... Ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtani ko‘zdan kechirib chiqmasak, ko‘nglimiz joyiga tushmaydi... Har kuni internet yangiliklariga ko‘z yugurtiramiz...

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, elektron qurilmalardan haddan tashqari faol foydalanish insonning jismoniy va ruhiy salomatligi, shuningdek munosabatlar yomonlashuviga olib kelar ekan. Qanday qilib texnologiyalarning salbiy ta'sirini kamaytirib, afzalliklaridan foydalanish mumkin? HarvardBusinessReview tadqiqotlar natijasiga asoslangan bir necha strategiyasi bilan bo‘lishdi va ham ishda, ham shaxsiy hayotda unga rioya etishni tavsiya qildi.
Muallif haqida: Larri Rozen – Kaliforniya shtati universitetining psixologiya fanlari professori, i The Distracted Mind kitoblari muallifi.
"Nusxa ko‘chirish" va "barchaga javob berish" funksiyasidan oqilona foydalaning. Guruhlarning elektron xatlari va xabarlari jamoaviy hamkorlik uchun foydali, biroq ular yanada ko‘p chalg‘itadi. Guruh yozishmalari rejimida, ya'ni aksariyat xabarlarni bir-ikki hamkasblarga yo‘llash mumkinligida biz "barchaga javob berish"ni bosamiz. Natijada xabarlar zanjiri tobora og‘irlashib, shundoq ham to‘lib ketgan "Kiruvchi xatlar" papkalariga ortiqcha ma'lumot yuklaydi. Shu bois guruhdagi yozishmaga kirishishdan avval aynan kimga xabar yo‘llashni yaxshilab o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilaman: guruhga faqat jamoaning faol a'zolarini qo‘shish kerak. Shu bilan birga, izohlar haqiqatda jamoaning barcha a'zolariga tegishli bo‘lmasa, "barchaga javob berish" funksiyasini chetlab o‘tishni tavsiya qilaman. Umuman olganda, qancha ko‘p elektron xabar yo‘llasangiz, shuncha ko‘p qabul qilasiz.

Xabarga javob berish uchun muayyan vaqt ajrating. Yaqin-yaqingacha odamlar ertalabki 9:00 dan 17:00 gacha ishlashardi. Bugunga kelib esa ofisdagi oddiy ish kuni 21:00 gacha yoki umuman tungacha cho‘zilishi mumkin, ertalab esa yana ishga...















