Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari maqsadini aytdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ma'lum qilishicha, AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar rus kompaniyalari faoliyatiga xalaqit berishga yo‘naltirilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Umuman olganda, bu global bozorlarda muvaffaqiyatli ishlayotgan va Amerika biznesiga raqobat uyg‘otayotgan rus kompaniyalari faoliyatiga xalaqit qilishga urinishdir», - deya aytib o‘tdi Medvedev.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Amerika sanksiyalari iqtisodiy vazifalarni raqobatbardosh bo‘lmagan usullar bilan hal qilish yo‘lidir.
«Xuddi avvalgi sanktsion harakatlarda bo‘lgani kabi, bunda ham aniq maqsadni ko‘rmoqdamiz – iqtisodiy vazifalarni raqobatbardosh bo‘lmagan usullar bilan hal qilish. Jazolash kerak bo‘lgan yomon ruslar haqidagi gap-so‘zlarning barchasi iqtisodiy jihatni yopishi kerak emas. Iqtisodiy jihat esa amaldagi savdo qoidalariga qaramay, butun dunyo bo‘ylab Amerika tijoriy manfaatlarini ilgari surishdan iborat», - deya ta'kidlab o‘tdi Medvedev.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25