Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Rossiyani yadroviy bosib turish kuchaytirilishi kerakligini ma'lum qildi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning AQSh QK Strategik qo‘mondonligi shtabiga tashrifi davomida ma'lum qilishicha, Rossiya tomonidan yadro qurolini modernizatsiya qilinishiga javoban blok yadroviy bosib turishni kuchaytirishi darkor.
«Biz sovuq urush tugaganidan so‘ng yadroviy bosib turish bir qadar kuchsizlanishini kutgandik, biroq hozir u yanada muhim narsaga aylanganini ko‘rmoqdamiz», - deya qayd etgan Stoltenberg.
Shtab raisi Jon Haytenning ta'kidlashicha, bu NATO rahbarining tashkilotga so‘nggi 54 yildagi birinchi tashrifi.
«Yadro quroliga ega davlatlar, xususan, Rossiya yadroviy imkoniyatlarini modernizatsiya qilmoqda hamda shu sababdan, NATO ishonchli va kuchli bosib turish imkoniyatini saqlab qolishi kerak. Albatta, barcha ittifoqchilar uchun yadroviy kuchlar ishonchli bosib turishning ajralmas qismi hisoblanadi», - deya aytib o‘tdi Stoltenberg.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
10:25 / 08.06.2026