Aktyor Rassel Krou kimoşdi savdosida özining şaxsiy buyumlari va filmlardagi rekvizitlarini sotişdan 3 million dollarga yaqin pul işlab oldi. Sotheby's savdo uyining Avstraliyadagi filiali rasmiy vakili Sidneyda ötkazilgan savdolar natijasidan kelib çiqib, şu haqida xabar berdi.
"Umumiy miqdori 3 719 963 Avstraliya dollariga (2,9 million AQŞ dollariga) 226 lotning 85 foizdan ortiği sotildi", - deya xabar beradi Sotheby's Australia vakili.
Auktsion vaqtida zalga aktyorning özi kirib kelib, salohiyatli xaridorlar oldida qisqa çiqiş qildi. Kimoşdi savdosi uning taklifi bilan "Ajrim san'ati" deb nomlandi. Gap şundaki, ötgan yilning oxirida Krou avstraliyalik aktrisa Daniel Spenser bilan rasmiy ajraşiş jarayoniga nuqta qöydi va unga juda yirik miqdorda pul qoldirdi, aslida esa aktyor 6 yildan beri Spenser bilan birga yaşamaydi.
Xaridorlar orasida eng katta qiziqiş uyğotgan va qimmat baholangan predmetlar orasida - "Uzuklar hukmdori" filmidagi kapitan Jyek Obrining skripkasi (135 ming dollar), "Gladiator"dagi Maksimusning alyuminiy qiliçi va jang aravasi (85,4 ming dollar va 79,3 ming dollar) bor edi.
Rassel Krouning özi ötgan kimoşdi savdosi yakunlarini tavallud ayyomiga yaxşi sovğa deb atadi. "Beş soatlik iş uçun yomon daromad emas", - deb yozadi özining Twitter sahifasida.























