Sport | 00:37 / 09.04.2018
7433
4 daqiqa o‘qiladi

Shomurodov, Galiulin va Hamdamov uchun omadsiz tur. Rossiya chempionatida poyga davom etmoqda

Rossiya chempionatining 25-turi doirasida bugun yana 3 uchrashuv o‘tkazildi.

Avvaliga «Tosno» klubi «Ural»ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Sankt-Peterburgdagi «Petrovskiy» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

O‘yinning 6-daqiqasida mezbonlarning o‘zbekistonlik legioneri Vagiz Galiulin Pavel Pogrebnyakni golli pas bilan ta'minladi va hisob ochildi. Birinchi bo‘lim oxirida uralliklar hisobni tenglashtirdi, Vladimir Ilin gol muallifi.

59-daqiqada Pogrebnyak penaltidan gol urib, jamoasini yana oldinga boshladi. Ammo 87-daqiqada Otman El-Kabir hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi.

Endilikda «Tosno» 24 ochko bilvn RFPL turnir jadvalida oxirgidan oldingi o‘rinda, «Ural» 30 ochkosi bilan — to‘qqizinchi.

«Lokomotiv» esa «RJD Arena» stadionida «Rostov» ustidan kichik g‘alabaga erishdi. O‘yindagi yagona gol Jyefferson Farfan tomonidan 47-daqiqada urildi. Mehmonlar safida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushirildi. 

«Rostov» RFPLda qatorasiga beshinchi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi va 27 ochkosi bilan turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda, «Lokomotiv» 52 ochkosi bilan yakkapeshqadamlikni davom ettirmoqda. 

Bu turda «Anji» chempionatning yana bir yetakchi jamoasi «Spartak»ni qabul qildi. Mahachqal'adagi «Anji-Arena» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida niderlandiyalik yarim himoyachi Kvinsi Promes het-trik qayd etdi va mavsum to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarildi (13 gol), moskvaliklarning to‘rtinchi goli Ilya Kutepov tomonidan urildi. «Anji» safida Xuan Leskano bitta javob goliga mualliflik qildi. Mezbonlar safida Doston Hamdamov o‘yinni ilk daqiqalardan boshlagandi, ammo u tanaffusda almashtirib yuborildi. 

Qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozongan «Spartak» (50 ochko) «Lokomotiv»ni ta'qib qilishda davom etmoqda. «Temiryo‘lchilar» jamoasida bitta zaxira o‘yini ham mavjud. «Anji» 24 ochko bilan 14-o‘rinda qolmoqda.

Rossiya chempionati
25-tur

Tosno – Ural 2:2
 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Pogrebnyak, 1:1 – 40 Ilin, 2:1 – 59, penalti Pogrebnyak, 2:2 – 87 El-Kabir.
Tosno – Yurchenko, Margasov, Dugalich, Suxarev, Chernov, Karnitskiy, Galiulin, Jigulev (Melkadze, 82), Poletanovich, Mirzov (Rikardino, 62), Pogrebnyak.
Ural – Godzyur, Kulakov, Balajits, Chernov (Portnyagin, 81), Merkulov, Yemelyanov, Mayyega, Dimitrov, Yevseyev (Yegorychev, 62), El-Kabir, Ilin.
Ogohlantirishlar: Mayyega (36), Pogrebnyak (36), Balajits (68), Yegorychev (72), Jigulev (72).

Lokomotiv – Rostov 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 47 Farfan.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Kverkveliya, Chorluka, Rybus, Kolomeytsev, Tarasov (Barinov, 83), Farfan, Miranchuk, Fernandesh, Ari (Eder, 72).
Rostov – Abayev, Parshivlyuk, Ingason, Sigurdsson, Vilyush (Skopintsev, 71), Makeyev, Kalachev (Zuyev, 84), Gatskan, Sapeta, Dyadyun (Shomurodov, 58), Ionov.
Ogohlantirishlar: Farfan (28), Rybus (40), Kalachev (64), Ionov (84), Ingason (90), Eder (90), Skopintsev (90), Gatskan (90).

Anji – Spartak 1:4 (1:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10 Promes, 0:2 – 14 Promes, 0:3 – 27, penalti Promes, 1:3 – 36 Leskano, 1:4 – 56 Kutepov.
Anji – Budakov, Danchenko, Chanselor, Bryzgalov, Yakovlev, Markelov (Xubulov, 46), Anton, Tetrashvili, Hamdamov (Musalov, 46), Leskano, Budkovskiy (Kalmykov, 85).
Spartak – Selixov, Petkovich, Maksimovich, Kutepov, Kombarov, Pashalich, Zobnin, Samedov, Xanni (Melgarexo, 84), Promes, Luis Adriano (Ze Luish, 77).

Mavzuga oid