O‘zbekiston Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya (60 kungacha), Moldova va Ukraina bilan vizasiz rejimni yo‘lga qo‘ygan. 

2018 yilning 10 fevralidan yetti mamlakat - Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejimi yo‘lga qo‘yildi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan mamlakatlar fuqarolari O‘zbekistonga kirishda amaldagi milliy pasporti yoki xorijiy davlatlarga parvoz vaqtida qo‘llaniluvchi boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.

Ko‘rsatilgan mamlakatlarda doimiy yashasa-da, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan vizasiz rejim qo‘llanmaydi.

Vizasiz rejim O‘zbekistonga kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amalda bo‘ladi. 30 kunlik muddat tugagunicha chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etishi kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda 30 kundan ortiq vaqt qolishni rejalashtirgan xorij fuqarosi safar maqsadidan kelib chiqib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi kerak bo‘ladi.

Ta'kidlash joizki, 2018 yilning 10 fevralidan 39 mamlakat fuqarolari uchun turistik vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilindi. Bundan avval esa Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveytsariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza rejimi amalda qo‘llangan.

2018 yilning 10 fevralidan soddalashtirilgan viza rejimi amalda qo‘llanuvchi mamlakatlar ro‘yxati:

1. Avstraliya;

2. Albaniya Respublikasi;

3. Andorra qirolligi;

4. Bolgariya Respublikasi;

5. Bosniya va Gertsegovina;

6. Vatikan;

7. Vengriya;

8. Gretsiya;

9. Daniya qirolligi;

10. Hindiston Respublikasi;

11. Irlandiya;

12. Islandiya;