10:19 / 10.04.2018
86190

9 yoshli Xabib Nurmagomedovning ayiq bilan olishuvi muxlislarni hayratlantirdi (video)

Foto: youtube

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov Mutlaq jangchilik chempionatida (UFC) yengil vaznda chempion bo‘lgandan keyin uning muxlislari internetda bir necha yil avval e'lon qilingan videoni esga olishdi. Ushbu videoda 9 yoshli bo‘lg‘usi chempion ayiq bolasi bilan kurash tushayotgani tasvirlangan.

Video 1997 yilda Mahachqal'ada olingan. Jangchining otasi Abdulmanop Nurmagomedov intervyularidan birida eslashicha, u o‘g‘li Xabib 9 yoshga to‘lganda unga zanjirband qilingan ayiqchani ko‘rsatib, “U bilan olishishdan ko‘rqmaysanmi?” deb so‘ragan. Ayiqcha hali kichik bo‘lishiga qaramasdan, Xabibdan og‘irroq va tumshuqbog‘siz bo‘lgan, biroq Xabib hech ham cho‘chimagan.

Xabib Nurmagomedov UFC’dagi chempionlik kamarini amerikalik El Yakvintaga qarshi jangda qo‘lga kiritdi. U UFC chempioni unvonini qo‘lga kiritgan ilk rossiyalik bo‘ldi. Xabib ushbu jangi uchun 530 ming dollar olgan.

Mavzuga oid
Top