AQShning qanotli raketalarga ega esminetsi Suriyaga yaqinlashdi

Foto: navaltoday
AQShning USS Donald Cook esminetsi Suriyaning Tartus shahriga 100 km masofagacha yaqinlashdi. Bu haqda Turkiyaning Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Tartusda Rossiyaning harbiy-dengiz bazasi joylashgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy samolyotlari AQSh esminetsi ustidan kamida 4 marta uchib o‘tgan.
Avvalroq AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 60 ta “Tomagavk” qanotli raketasi bilan jihozlangan kemasi Kiprdagi Larnaki portini tark etib, Suriya suv hududlari yaqinida joylashgani ma'lum qilingan.
9 aprelda Oq uy Rossiyaga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi bo‘yicha ayblov qo‘ydi. AQSh prezidenti Donald Tramp bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ayblagan va u bu uchun javob berishini aytgan.
Avvalroq Pentagon rahbari Jyeyms Mettis go‘yoki rasmiy Damashq tomonidan kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi xabarlardan keyin AQSh Suriyaga kuch qo‘llashi mumkinligini aytgandi.
USS Donald Cook esminetsining asosiy quroli 2500 kmgacha uchadigan va yadroviy zaryad tashiy oladigan “Tomagavk” raketalari hisoblanadi. Esminets oddiy va zarbdor variantlarda mos ravishda 56 ta va 96 ta shunday raketa bilan jihozlanadi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53
-
Fransiya yadroviy kallaklarga ega qiruvchi samolyotlarini Germaniya bilan chegaraga joylashtiradi
Jahon | 20:38
-
2024 yil O‘zbekistonda Ombudsmanga qilingan murojaatlar soni 23 mingdan ortib ketdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:30
Mavzuga oid

21:25
Tramp o‘z qarorgohida 1 million dollarlik shaxsiy kechki ovqatni tashkil qildi

17:17
AQSh markaziy va janubiy shtatlarida kuchli tornado: Tramp xalqni ibodatga chaqirdi

15:34
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi

14:55