Apple asosçilaridan biri Stiv Voznyak Facebook ijtimoiy tarmoğini tark etişini e'lon qildi. Bu haqda Business Insider naşri xabar bermoqda.
Voznyakning aytişiça, Facebook öz foydalanuvçilarining daxlsizlikka huquqlarini hurmat qilmaydi.
“Odamlar Facebook’ga öz hayotlarining har bir detalini işonadilar, Facebook esa bu orqali pul işlamoqda. Bu daromad foydalanuvçi ma'lumotiga töliq boğliq böladi, biroq foydalanuvçining özi bunga javoban heç narsa olmaydi”, deb aytgan Voznyak.
Uning qöşimça qilişiça, Apple Mark Tsukerbergning ijtimoiy tarmoğidan farqli, foydalanuvçilar ortidan emas, balki öz mahsulotlaridan pul topadi.
Facebook 50 mln foydalanuvçisi haqidagi şaxsiy ma'lumotlarning çetga çiqib ketişida ayblanmoqda.

















