Rossiya hukumati sanksiyalarga uçragan tadbirkorlarga yordam uçun ofşorlar yaratiş loyihasini muhokama qilmoqda. Bu haqda «Vedomosti» gazetasi manbalarga asosan yozmoqda.

«Hukumat Rossiyada maxsus rejimga ega va ofşor belgilari bölgan ikkita hududni yaratiş loyihasini muhokama etmoqda. Ulardan biri Kaliningraddagi Oktyabrskiy orolida, ikkinçisi esa Uzoq Şarqdagi Russkiy oroli», - deb xabar qilmoqda naşr.

Ma'lum bölişiça, Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasi hozirda tegişli idoralar bilan muvofiqlaştirilmoqda. Uni bahorgi sessiyada qabul qiliş rejalaştirilgan.

Manbalar ma'lumotiga köra, Rossiyaga pullarini qaytarmoqçi bölgan tadbirkorlar buni tez va soliqlarsiz qilişi mumkin.