11:30 / 10.04.2018
11584

Top-5 ligalarning eng yaxshi darvozaboni ma'lum bo‘ldi

Foto: Marca

Primera doirasidagi «Real» - «Atletiko» (1:1) o‘yinida mezbonlar raqib darvozasiga 8ta zarba yo‘llab, atigi 1ta gol urdilar. Bu bellashuvda «matraschilar» darvozaboni Yan Oblak ishonchli o‘yini bilan jamoadoshlari joniga oro kirdi.

Opta xabariga ko‘ra, Oblak top-5 ligalari darvozabonlari ichida seyvlar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega. Futbolchi o‘z darvozasi tomon yo‘llangan zarbalarning 85 foizini qaytarishga erishgan.

Ispaniya chempionatida «Atletiko» 31ta o‘yinda bor yo‘g‘i 15ta gol o‘tkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Top