«Tribuna» Ispaniya chempionatining 31-turidagi asosiy voqealarni keltiradi.

38 yil o‘tib

Foto: Sport Ekspress

«Barselona» - «Leganes» - 3:1 (2:0).
Gollar: Messi, 27 (1:0). Messi, 32 (2:0). El-Jar, 68 (2:1). Messi, 87 (3:1). 

1980 yilda Ispaniya futbolida rekord o‘rnatilgan, bu rekord shu vaqtga qadar abadiy rekord deb qarab kelinayotgandi. «Real Sosedad» chempionatda 38 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, boshqa jamoalar uchun bu yetib bo‘lmaydigan cho‘qqidek tasavvur paydo bo‘lgandi. La Liga tashkil topgan 1929 yildan buyon hech bir klub bunday natija qayd eta olmagan, bunga eng yaqin borgan natija 27 tur bo‘lgandi. Lekin San-Sebastyan basklarining rekordi abadiy bo‘lib qolmadi.

2018 yilga kelib bu cho‘qqi «Barselona» tomonidan zabt etildi. O‘tgan mavsum oxirida Luis Enrike boshchiligidagi kataloniyaliklar 7 uchrashuvda mag‘lubiyat neligini bilmadilar. Joriy mavsumdagi 31 turda ham Ernesto Valverde mag‘lubiyatsiz o‘tdi. 31-turda «Leganes»ga qarshi o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi - Messining het-trigi ushbu rekord 38 yildayoq takrorlanishini ta'minladi. Endi Messi «Liverpul» havbeki Muhammad Salohni «Oltin butsa» sovrini uchun poygada quvib yetdi. Endilikda argentinalik futbolchi va misrlik futbolchi UYeFA tomonidan har mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchiga topshiriladigan mukofot uchun da'vogarlar ro‘yxatida birinchi va ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.

Foto: Real

Shanba kuni «Valensiya»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish orqali «Barselona» rekordni yangilab, keyingi ko‘p yillar uchun cho‘qqi qoldirishi mumkin.

Zidan «Barselona»ga Chempionlik yo‘lagi qilishdan bosh tortdi

Foto: Sport Ekspress

«Real» - «Atletiko» - 1:1 (0:0)
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 53 (1:0). Grizmann, 57 (1:1).