Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson va AQSh davlat kotibi Suriyadagi kimyoviy hujumni muhokama qildi
AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Suriyaning Dumasida ro‘y bergan kimyoviy hujumni, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning bu hodisaga bo‘lgan munosabatini muhokama qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Davlat departamenti bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bilan ikki marta telefon orqali muloqotda Suriyaning Dumasida ro‘y bergan kimyoviy hujumni muhokama qildi. Ushbu hodisa o‘nlab aybsiz odamlar hayotiga zomin bo‘ldi hamda yana bir necha yuzlab kishilarga zarar yetkazdi», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek ta'kidlanishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari g‘arb davlatlarining ro‘y bergan hodisaga ehtimoliy javobini muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026