Internetda keskin fikrlari bilan tanilgan imom ishdan olindi
Toshkent shahridagi «Do‘mbirobod» masjidi imom-xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher-domla) ishdan olindi.
Jamoatchilikka o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va keskin fikrlar bildirishi bilan ma'lum bo‘lgan bu imom 30 mart kuni vazifasidan ozod etilgan.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasidagi manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, idoraning Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad ham Shermurod Tog‘ay bilan bir kunda lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda ushbu iste'folarning aniq sababi ma'lum qilinmagan.
Shermurod Tog‘ay o‘rniga Saidbakir Dovudov «Do‘mbirobod» masjidiga imom etib tayinlangan.
Qayd etish kerakki, bu 3 mulozim ham ijtimoiy tarmoqda faol sanaladi. Xususan, mart oyi oxirida Shermurod Tog‘ay O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbariyatini tanqid qilgandi. U shuningdek, mart oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani juma ma'ruzasi vaqtida tanqid ostiga olgandi va O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbariyatidan iste'foga chiqishni talab qilgandi.
Mavzuga oid
13:03
«Yil imomi»ga Haj yo‘llanmasi topshirildi
10:10 / 22.09.2022
Muftiy «imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan» 4 ta tuman bosh imomi-xatibini ishdan oldi
12:06 / 08.02.2022
«Hamma o‘zi hal qiladi» – Adliya vaziri imom-domlalarning internetdagi chiqishlariga munosabat bildirdi
19:06 / 04.11.2021