Jahon | 09:04 / 11.04.2018
15131
2 daqiqa o‘qiladi

OAV AQSh Suriyada zarba berish uchun 22 ta mo‘ljalni belgilab olganini ma'lum qildi 

Foto: Flickr / Expert Infantry

AQSh Suriyaga zarba berish uchun birinchi navbatdagi 22 ta mo‘ljalni belgilab oldi. Bu haqda Suriyaning xalqaro munosabatlari bo‘yicha mutaxassisi Zakariyo Molaxovichga iqtibos keltirgan holda Yeni Safak turk nashri xabar bermoqda. 

Mo‘ljallar Xoms viloyatida hamda rossiyalik harbiylar joylashgan Tartusdagi ta'minot punktida joylashgan. 

AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Suriyani bombardimon qilishda birgalikda harakat qiladi. Zarbalar berishda turli sinfdagi raketalar qo‘llanmoqchi. Ta'kidlanishicha, zarbalar berish vaqtida alohida e'tibor harbiy aerodromlarga qaratiladi.

Mo‘ljallar orasida, shuningdek, Xoms, Damashq, Tartus, Xama, Al-Xasaka, Daur-az-Zor va Raqqadagi harbiy bazalar bor. 

Molaxovichning ta'kidlashicha, AQSh kurd otryadlari va Suriya hukumat kuchlari hamda shia kuchlari o‘rtasida ixtilof bor hududlarga ham hujum qilishi mumkin.

“Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining yo‘q qilinishi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi”, deb aytgan Molaxovich.

Uning aytishicha, AQSh bu ssenariyni amalga oshiradigan bo‘lsa, Rossiya Hmaymim aviabazasi va Suriyadagi boshqa obektlarida jangovar tayyorgarlik darajasini oshirganini hisobga oladi.

Mavzuga oid

E`lonlar