Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida kvartiralarning kadastr pasporti joriy qilinadi
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli turar uylarda joylashgan kvartiralarga kadastr hujjatlarini shakllantirish jarayonini soddalashtirish va muddatini qisqartirish, shuningdek kvartira egalari tomonidan bitimlar tuzishda qulayliklar yaratish maqsadida, Toshkent shahrida 2018 yil 16 apreldan boshlab, mulkdorlarning murojaatiga asosan kvartiralar texnik inventarizatsiyadan va huquq turi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng, kadastr yig‘majildi hamda “Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” o‘rniga kvartira egalariga kvartiraning kadastr pasporti beriladi. Bu haqda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi xabar qilmoqda.
Kvartiraning kadastr pasporti qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari, ya'ni “suv belgisi” bilan himoyalangan maxsus blankdan iborat bo‘lib, quyidagi ma'lumotlarni pasport berilgan kun holatiga aks ettiradi: kvartiraning texnik parametrlari, kadastr qiymati, kvartira tarxi, mulkdor va kvartiraga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot.
Shu bilan bir qatorda, kvartiraning kadastr pasportida QR-kod mavjud bo‘lib, ushbu kod orqali onlayn tarzda kadastr pasportining maqomi va haqiqiyligi, shuningdek kvartiraning Pasportda qayd etilgan texnik parametrlariga mos kelishi, kvartira haqida qo‘shimcha ma'lumotlar hamda onlayn tarzda tekshirish holatiga ko‘ra taqiq va cheklovlar bor yo‘qligi haqida ma'lumotlarni tekshirish imkoniyati mavjud.
Yangi ko‘rinishdagi kadastr pasporti kvartiraga bo‘lgan huquq yangi egalariga o‘tgan yoki avval taqdim etilgan kadastr hujjati yo‘qotilgan taqdirda, kvartiraning yangi egalari arizalariga binoan taqdim etiladi.
Avval taqdim etilgan kadastr hujjatini yangilash talab etilmaydi va ushbu kadastr hujjati kvartiraga bo‘lgan huquq bekor qilingunga qadar amal qiladi hamda haqiqiy hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026