Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoirda samolyot quladi. Kamida 200 kishi halok bo‘ldi
Jazoirda harbiy-transport samolyoti qulab tushdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda «Al-Arabiya» telekanali xabar tarqatmoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, halokat qurbonlari soni 200 nafargacha yetishi mumkin.
Alg24 xabari esa Il-78 rusumli samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:00da poytaxt Jazoir shahri aeroportidan 30 km masofadagi Blida shahri yaqinidagi dala maydonlari ustiga qulagani haqida xabar bermoqda.
Samolyotda 200 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning hech biri omon qolmagani aytilmoqda.
Voqea joyiga 14ta tez tibbiy yordam mashinasi yo‘l olgan. Hududdagi yo‘llarda yo‘l harakati vaqtinchalik cheklangan.

Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026