Oq uy rasmiy vakili Sara Sandersning sözlariga köra, Rossiya rahbariyati Suriyada kimyoviy quroldan foydalanmaslik kafolatlari böyiça öz böyniga olgan majburiyatlarni bajara olmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Ular qila olişmadi. Şuningdek, ular BMT Xavfsizlik Kengaşining 6ta turli rezolyutsiyasiga veto qöyib, Suriyaga yordam berişdi. Bu vetolar esa Suriya prezidenti Başar Asadni himoya qilişda qöl keldi», - deya aytib ötdi Sanders.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, Rossiya tomoni özini «yomon jihatdan» körsatdi, biroq mamlakat hukumati öz xatti-harakatini özgartirişiga umid borligini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujumlar böyiça KQTT bilan halol hamkorlik qilişiga işonmasligini bildirgandi.