Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KQTT Britaniyaga Skripal ishi bo‘yicha xulosalarini topshirdi
Foto: EPA
Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) vakillari Buyuk Britaniya rahbariyatiga Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalarini topshirdi. Bu haqda Daily Mail xabar qilmoqda.
«O‘rnatilgan amaliyotga muvofiq, ular bizga murojaat bilan chiqqan davlatga bo‘lgani kabi, hisobotning yakuniy versiyasini taqdim etishdi», - deya ma'lum qildi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Xabar berilishicha, hujjatda tilga olingan xulosalar Toshkent vaqti bilan soat 16:00da e'lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, ular Kimyoviy qurol bo‘yicha konvensiya ishtirokchi davlatlari orasida tarqatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Yuliya Skripal qayerda ekanini aniqlagandi.
Mavzuga oid
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026
Britaniya mudofaa budjetiga 20 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
09:14 / 09.05.2026