Jahon | 15:29 / 12.04.2018
3653
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon prezidentligi uchun saylovlarda Aliyevni saylovchilarning 86 foizdan ortig‘i qo‘llab-quvvatladi

Foto: NTV

Ilhom Aliyev Ozarboyjon prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlarda ovoz beruvchilarning 86,03 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. MSK tomonidan bunday dastlabki ma'lumotlar deyarli 100 foiz byulletenlar qayta ishlanganidan so‘ng e'lon qilindi.

"3 mln 962 ming 123 byulletendan 3 mln 962 ming 96 byulleten qayta ishlanganidan so‘ng, Ilhom Aliyev saylovchilarning 86,03 foizi ovozini olgani ma'lum bo‘ldi", - deya aytib o‘tdi MSK raisi Mazaxir Panaxov.

Saylovda ishtirok etish darajasi, MSK dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 74,3 foizni tashkil qilgan.

Mamlakatdagi eng yuqori davlat lavozimi uchun sakkiz nomzod kurash olib bordi, jumladan nomzodi “Yangi Ozarboyjon” hukmron partiyasi tomonidan ilgari surilgan amaldagi prezident Ilhom Aliyev ham.

Uning raqiblari orasida boshqa partiyalarning besh yetakchisi - Araz Alizoda (Ozarboyjon Sotsial-demokratik partiyasi) - 1,38%, Gudrat Gasanguliyev (Ozarboyjon Yagona xalq fronti) - 3,02%, Faraj Guliyev (Milliy uyg‘onish harakati) - 1,17%, Hofiz Gajiyev (Zamonaviy Musavat) - 1,52% va Sardor Mamedov (Demokratik partiya) - 3,03%, shuningdek Frontistlar tashabbus guruhi tomonidan ilgari surilgan Razi Nurullayev - 0,74% va mustaqil nomzod Zohid Oruj - 3,11%.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid